1966 yilgi Jahon chempioni vafot etdi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2021, 17:42
"Vulverxempton" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ron Flauers 87 yoshida vafot etdi.

Bu haqda "bo'rilar" matbuot xizmati xabar berdi.

Flauers 1966 yil Angliya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgandi. "Vulverxempton" safida u 1952-1967 yillarda to'p tepgan. Klub bilan birga Flauers uch marta Angliya chempioni bo'lgan.


[instagram]

 [/instagram]


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/wolves